2014-yil 21—23-yanvar kunlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Patritsiya Flor O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.

Patrisiya FlPatritsiya Flor. Foto: consilium.europa.euor. Foto: consilium.europa.eu

Patritsiya Flor. Foto: consilium.europa.eu

Tashrif dasturi doirasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, Hukumatda, Tashqi ishlar, Iqtisodiyot, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarida o‘tkaziladigan uchrashuvlar kiritilgan. Muzokaralarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida turli sohalardagi munosabatlar rivoji muhokama qilinadi.