“O‘zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi Samarqand viloyatida UzAuto Trailer zavodi qurilishini yakunladi. Ushbu zavod osma va tirkamali texnikasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, deb xabar berdi UzDaily nashri.

Foto: truckracenews.wordpress.com

Foto: truckracenews.wordpress.com

Zavod o‘zining mahsulotini MAN Auto — Uzbekistan MChJ qo‘shma korxonasiga yetkazib beradi. Loyihaning narxi 31 million AQSh dollarini tashkil etadi.

“O‘zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasining 100% sho‘ba korxonasi hisoblangan UzAuto Trailer zavodi kuzov va yarim pritseplar, konteynerovozlar va boshqa maxsus texnika mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korxonaning loyhasida ko‘rsatilgan quvvati 2000 dona tirkamali va 1000 dona osma texnikani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2009-yil avgustda MAN Truck & Bus AG (MAN kompaniyasining bo‘limi) va “O‘zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi MAN Auto qo‘shma korxonasini tuzgan edi. “O‘zavtosanoat” AKning qo‘shma korxonadagi ulushi 51%, MAN Truck & Bus AG’ning ulushi esa 49 foizdan iborat.

2010-yil sentabrdan qo‘shma korxona “SamAvto” MChJ zavodida yuk mashinalarini yig‘ish ishlarini amalga oshirdi. 2011-yil aprel oyining so‘ngida Samarqand viloyati Jomboy tumanida qo‘shma korxonaning dilerlik va servis markazi, 2012-yilda esa 30 million AQSh dollarilik yuk mashinalarni yig‘ish markazi qurilgan edi.