17-yanvar kuni Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi litseyda “Ezgulik ohanglari” deb nomlangan xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Litsey va universitet talabalari “yaxshilik bumerangi”ni jo‘natish uchun birlashdilar. Uni esa yaqinda oqqon kasalligi tashxisi qo‘yilgan 4-yoshli qiz kutar edi. Bu haqda “Podrobno” nashri xabar berdi.

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi litseyda xayriya konserti o‘tkazildi. Foto: podrobno.uz

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi litseyda xayriya konserti o‘tkazildi. Foto: podrobno.uz

Ikki soat davom etgan konsert maxsus effektlar va raqslarsiz, jonli ijro va torli cholg‘u orkestri ishtirokida o‘tdi.

Chiptalar sotuvidan tushgan pul qizchaning davolanishiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, bir oy davomida litseyda istaganlar xayriya qilishi uchun mo‘ljallangan quti o‘rnatildi. Tashkilotchilarning so‘zlariga qaraganda, jami to‘rt million so‘m yig‘ildi. Uning bir qismi Ilmiy-tadqiqot gematologiya institutiga allaqachon topshirildi.

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi litseyda xayriya konserti o‘tkazildi. Foto: podrobno.uz

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi litseyda xayriya konserti o‘tkazildi. Foto: podrobno.uz

Ta’kidlash joiz, konsert sanasi Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti 12-yilligi hamda Londondagi Vestminster universitetining 175-yilligiga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizdagi “Kafe” kafesi xodimlari tomonidan ham xuddi shunday xayriya tadbiri o‘tkazilib, unda 8000 AQSh dollari hisobida mablag‘ jamg‘arilgan edi.