17-yanvar kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi kengashida 2014-yil kiritilajak kapital mablag‘larning umumiy miqdori 14,3 milliard dollarni tashkil etishi ta’kidlab o‘tildi. Bu haqda UzReport xabar berdi.

Foto: esp.md

Foto: esp.md

Jami investitsiyaning 73 foizidan ko‘pi ishlab chiqarish qurilishiga, kapital mablag‘ning 40 foizi esa mashina va asbob-uskunalar olishga yo‘naltiriladi.

Joriy yilda 3,9 milliard dollardan ortiq chet el investitsiyalari va kreditlarni o‘zlashtirish belgilangan. Ularning hajmi o‘tgan yilga nisbatan 29 foizga o‘sadi.

Xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar taxminan 69 foizni tashkil etadi. Bunday investitsiyalar hajmi esa 2014-yilda 22,4 foizga ortadi.

Ushbu yilda umumiy narxi 4,4 milliard dollarni tashkil etadigan 150 dan ortiq yirik ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish belgilangan.