Toshkentdagi Anhor (Bo‘zsuv) kanalining ikki qirg‘og‘ida shinam va fayzli sohil barpo etilmoqda. Bu haqda “Turkiston-press” axborot agentligi ma’lumotiga asoslanib “Kun” nashri xabar berdi.

Anhor kanali. Foto: Wikipedia / mismailovs

Anhor kanali. Foto: Wikipedia / mismailovs

Hozirda kanal atrofidagi yo‘llar tekislanib, hududni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Sohil bo‘yini obodonlashtirayotgan ustalar va me’morlarning ta’kidlashicha, hududda velosiped haydovchilar uchun maxsus yo‘lak ham barpo etiladi.

“Yangi orombaxsh sohil barpo etish g‘oyasi fuqarolarga ma’qul bo‘lmoqda. Chunki bu loyiha yakuniga yetkazilsa, poytaxtimiz ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shish bilan birga yoz paytlari kanal sohilida fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishi, inson salomatligi garovi bo‘lgan velosport bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratib beriladi”, – deyiladi agentlik xabarida.