O‘zbekistonda zamonaviy bank plastik kartochkalari muomalaga chiqarilib, barcha banklar o‘z mijozlariga bu yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha, 2014-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda muomalaga chiqarilgan bank plastik katochkalar umumiy soni soni 11 067 812 taga yetdi.

Foto: gornovosti.ru

Foto: gornovosti.ru

Anons.uz saytining ta’kidlashicha, eng ko‘p plastik kartochkani O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki chiqargan — ular soni 1 758 252 ta.

Shuningdek, plastik kartochka orqali to‘lovlarni amalga oshirishni qulaylashtirish maqsadida tegishli qurilmalar bilan ta’minlash ishlari ham jadallashtirilmoqda. Joriy yilning 1-yanvar holati bo‘yicha, banklar tomonidan o‘rnatilgan terminallar soni 129 679 tani, bankomat va infokiosklar soni esa 1 733 tani tashkil etdi.