BMT mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “Dunyo iqtisodiyoti holati va 2014-yilgi istiqbollar” nomli hisobotda o‘tgan yili MDH mamlakatlari iqtisodiyotining o‘sishi kutilganidan past bo‘lgani qayd etilgan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Foto: euobserver.com

Foto: euobserver.com

Ma’lumotlarga ko‘ra, MDH mamlakatlari va Gruziya iqtisodiyoti atigi 2 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich 2014-yilda 3,4 foizgacha oshishi, 2015-yilda esa 4,1 foizga yetishi taxmin qilinyapti.

Ekspertlar fikricha, Markaziy Osiyoda va umuman barcha MDH davlatlari orasida YaIM o‘sish sur’atlari borasida 2014—2015-yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchi o‘rinlarda bo‘ladi. O‘zbekistonda YaIMning o‘sishi 2014-yilda 7,1 foizni, 2015-yilda esa 7,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Taqqoslash uchun Turkmanistonda 2014 va 2015- yillarda YaIM o‘sishi 9,5%, Qozog‘istonda 6%, Qirg‘izistonda 7% va 6,5%, Tojikistonda esa 6,5 foizni tashkil etadi.