“Chechenavto” ochiq aksiyadorlik jamiyati vakillari Argun avtozavodi hududida Daewoo International Corporation kompaniyasi menedjeri Choy Xyu Jin bilan uchrashdilar. Uchrashuvda mazkur Janubiy Koreya firmasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb yozadi Gazeta.Ru.

Foto: checheninfo.ru

Foto: checheninfo.ru

Checheniston sanoat va energetika vaziri o‘rinbosari Sulton Raxmayev fikricha, hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolanishi hududda avtomobilsozlikning rivoji yo‘lidagi ulkan qadam bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida Choy Xyu Jin ham, Daewoo International Corporation kompaniyasi Chechenistonda o‘z sanoatini rivojlantiradigan ilk xorijiy investor bo‘lishini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur loyihaning samarali amalga oshirilishi Chechenistonda qulay iqtisodiy muhit mavjudligini isbotlab, hududga yangi investitsiyalarni jalb etishga yordam beradi.

Raxmayevning qo‘shimcha qilishicha, yaqin uch-besh yil ichida Chechenistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish loyihasi amalga oshiriladi. “Chechenavto”da qo‘shimcha tarzda uchta: payvandlash, qoliplash va bo‘yash bo‘limlari ochiladi. Ishlab chiqariladigan mashinalar soni yiliga 75 minggacha borishi kutilmoqda.