Rimda O‘zbekistonning iqtisodiy potensiali hamda “Navoiy” Erkin industrial-iqtisodiy zona (EIIZ), “Angren” va “Jizzax” Maxsus industrial zona (MIZ)larining investitsion imkoniyatlari namoyish etildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi ma’lumotiga tayangan holda UzDaily xabar berdi.

Rim. Foto: accunet.org

Rim. Foto: accunet.org

Ushbu taqdimot O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi, Latsio viloyatidagi Federlazio Kichik va o‘rta korxonalar assotsiatsiyasi va Zetema kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi. 

Tadbir Italiya ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmonlar doiralari hamda OAV vakillari ishtirokida o‘tdi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda o‘tkazilgan siyosiy-iqtisodiy islohotlar va mamlakatda yaratilgan qulay investitsion sharoit haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

Asosiy e’tibor “Navoiy” EIIZ, “Angren” va “Jizzax” MIZ imkoniyatlari hamda bu zonalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.