25-yanvar kuni ertalab Toshkent shahri Kichik xalqa yo‘li va Qatortol ko‘chasi (“Shuhrat”) chorrahasida avtohalokat yuz berdi. Bu haqda Uz24 nashri xabar berdi.

Voqea joyida tushirilgan surat. Foto: uz24.uz

Voqea joyida tushirilgan surat. Foto: uz24.uz

Xabarda keltirilishicha, “Neksiya” rusumli avotomobil katta tezlikda qarshisidagi “Matiz”ga kelib urilgan. “Matiz”da ikki ayol va bir bola bo‘lgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, kuchli zarbadan so‘ng mashina ag‘darilib, yon tomoni bilan turib qolgan. Ikkala mashina rulida bo‘lgan ayollarning oyoq-qo‘llari, qovurg‘alari singan. “Matiz”dagi yo‘lovchi ayol va bola jarohatlanmagan.

Voqea joyida tushirilgan surat. Foto: uz24.uz

Voqea joyida tushirilgan surat. Foto: uz24.uz

Voqea joyida bo‘lgan odamlar “Matiz” haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida o‘tganini, qarshisidan chiqqan “Neksiya”ni ko‘rgan zahotiyoq mashinani to‘xtatganini, biroq katta tezlikda kelgan “Neksiya” uning yon qismiga kelib urganini ta’kidlamoqda.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida chorrahada tirbandlik yuzaga keldi.