2013-yilda O‘zbekistonga 1 977 000 nafar chet ellik mehmon tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi xabar berdi.

Foto: orexca.com

Foto: orexca.com

O‘tgan yilda turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2012-yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning boshida mamlakatda faoliyat yurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etdi. Ulardan 400 dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir.

2013-yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Uni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSh dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan.

O‘tgan yilning oktabr oyida “Ipak yo‘lidagi turizm” deb nomlangan 19-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlari firma va kompaniyalari ishtirok etdi. Hozirda ushbu yarmarkaning 20 yillik yubileyiga tayyorgalik ko‘rilmoqda.