Asakadagi GM Uzbekistan kompaniyasi rahbariyati qaroriga muvofiq, zavod hududi tamaki mahsulotlaridan holi zona, deb e’lon qilindi. Bu haqda “12uz” nashri xabar berdi.

Foto: skyscraper.com

Foto: skyscraper.com

Qaror qabul qilingan vaqtdan e’tiboran, Asaka zavodida chekish barcha xodimlarga taqiqlanadi. Ushbu qaror yong‘inga qarshi xavfsizlik maqsadida qabul qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda erkak chekuvchilar soni 2002-yildan buyon 8 foizga kamaydi. Ayni vaqtda bu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil qiladi. Mamlakatda 3% ayollar tamaki chekadi. 

Ekspertlarning fikricha, bu natijaga hukumat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar yordamida erishilgan. Tamaki mahsulotlari reklamasining butkul taqiqlangani, tamaki mahsulotlari tarqatilishi cheklangani va  2012-yilda tamakiga qarshi kurash bo‘yicha JSSTning konvensiyasi ratifikatsiya qilingani shular jumlasidandir.