O‘zbekistonda “Bilayn” aloqa operatori “Onlayn-konsultant” xizmatining 2013-yildagi ishlarini sarhisob qildi. O‘tgan yil davomida call-markazi mutaxassislari tomonidan abonentlarning so‘roviga chat orqali xizmat ko‘rsatishlar soni 10 foizga oshgan. Bu haqda “Bilayn” kompaniyasi matbuot markazi xabar berdi.

Foto: “Bilayn”

Foto: “Bilayn”

Kompaniya mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining rahbari Lyudmila Chaykovskayaning ta’kidlashicha, 2013-yilda call-markazi 70 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yilning sentabr oyida “Bilayn” abonent so‘rovlariga tezlik bilan xizmat ko‘rsatish uchun yangi aloqa kanalini ishga tushirdi. “Onlayn-konsultant” xizmati chat shaklida bo‘lib, “Bilayn” mijozlari uchun 0611.beeline.uz elektron manzili orqali amal qiladi.

“Onlayn-konsultant” sutkada 24 soat davomida ishlaydi.