2014-yil 1-fevraldan yuridik va jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlovchi nodavlat qo‘riqlash tashkilotlari yopiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 24-yanvarda joriy etilgan “O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar berdi “Gazeta.uz” nashri.

Foto: chtivo.uz

Foto: chtivo.uz

Qo‘riqlash kompaniyalari xodimlari bu haqda 27-yanvarda hokimiyatlardagi majlislarda xabar topdi.

Qarorga muvofiq, 1-fevraldan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar va byudjet tashkilotlari mol-mulkni qo‘riqlash uchun shartnoma asosida faqat IIB huzuridagi “Qo‘riqlash” Respublika birlashmasi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Nodavlat qo‘riqlash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga ham “Qo‘riqlash” birlashmasi bilan shartnoma tuzish tavsiya etildi.