O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari telefon orqali yolg‘on xabar bergan soxta terrorchi Erkin Qosimovni qo‘lga oldi. U “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasiga qarashli yo‘lovchi poyezdlardan biriga portlovchi moslama o‘rnatilganligi haqida yolg‘on xabar bergan, deb yozadi “Anons.uz”.

Foto: bnkirov.ru

Foto: bnkirov.ru

12uz.com axborot portalining Ichki ishlar vazirligi vakiliga asoslanib xabar berishicha, tezkor qidiruv tadbirlarida hech qanday portlovchi moslama topilmagan.

“Hozirgi paytda ushbu ish yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqilmoqda. Erkin Qosimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 237-moddasi 3-bandiga ko‘ra (yolg‘on xabar berish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U besh yildan sakkiz yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Qosimov avval ham firibgarlik jinoyati sodir etib sudlangan”, — deydi Ichki ishlar vazirligi vakili.