Jizzax viloyati hokimining qaroriga asosan, joriy yilda mahalliy byudjet va boshqa mablag‘lar hisobiga ko‘plab ijtimoiy va sanoat loyihalarini amalga oshirish belgilandi. Bu haqda Jizzax axborot portali – JZ.uz saytida ma’lumot berilgan.

Foto: jz.uz

Foto: jz.uz

Mazkur qarorga asosan, 2014-yilda viloyat markazidagi yangi sport majmuasida 2 ta favvora bunyod etiladi, shahar Akusherlik majmuasida oshxona quriladi. Jizzax shahrining Sayiljoyi mahallasida bolalar xiyoboni va maydonchasi barpo etiladi, Jizzax tuman Uchtapa qishloq fuqarolar yig‘ini mahalla guzari binosi quriladi. Shuningdek, 48 va 24 xonadonga ega bo‘lgan turar joylar qurish ham rejalashtirilgan.

Joriy yilda “Vatan” kinoteatrini, Toshkent shahriga ketish yo‘llarini ta’mirlash kabi ishlar ham Jizzax viloyati hokimiyatining rejalariga kiritilgan.

Bulardan tashqari, hududiy doirada ishlab chiqarish va xorij sarmoyasi ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar dasturlari ham ishlab chiqildi.