Joriy yilning 25—28-yanvar kunlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo'yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari hukumat delegatsiyalari ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib “Gazeta.uz” xabar beradi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Matbuot xizmati ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar hal etiladigan masalaning muhimligiga ko‘ra har o‘n kunda bir marta o‘tkaziladi.

Tomonlar Davlat chegaralarining alohida uchastkalari tasvirlari loyihasini hamda tegishli kartografik materiallarni ko‘rib chiqishda davom etdilar.