“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2014-yilda “Urganch” aeroportida ikkita rekonstruksiya qilingan terminalni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu xususda MAK ma’lumotlariga tayangan holda Podrobno.uz ma’lum qilgan.

Foto: podrobno.uz

Foto: podrobno.uz

Birinchi terminalning rekonstruksiya ishlari joriy yilning mart oyida yakuniga yetgach, unga yo‘lovchilarni qabul qilish boshlanadi. Keyinchalik aeroportda yo‘lovchilarni jo‘natishga ixtisoslashtirilgan ikkinchi terminal ham ishga tushiriladi. Ularning umumiy ish hajmi bir soatda 400 kishiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Umumiy qiymati 90 milliard so‘m bo‘lgan loyihaning ishga tushirilishi natijasida “Urganch” aeroportida yuklarni ko‘rib chiqish va o‘tkazishga moslab texnologik jihozlangan ikkita terminal yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda “Urganch” aeroporti xalqaro maqomga ega bo‘lib, deyarli har qanday turdagi havo kemalarini qabul qila oladi.