Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi odatiy va harbiy oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga topshiruvchilarni tayyorlash, shuningdek, pedagoglarning malaka toifasini tasdiqlash yoki o‘zgartirish uchun diagnostik tizim joriy etdi. Ular ta’limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimini tekshirish, kirish imtihonlarida foydalaniladigan savollar kitobi va javoblar varag‘i bilan ishlashga ko‘nikma hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Pravda Vostoka” xabar berdi.

Foto: progorodchelny.ru

Foto: progorodchelny.ru

Shuningdek, DTM chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun Test sinovidan o‘tish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqladi.

Ushbu nizomga muvofiq o‘tkazilgan maxsus seminar-treningda oliy va o‘rta maxsus, kasb hunar va xalq ta’limi tizimining mas’ul xodimlari lavozim maoshlariga ustamalarni belgilash uchun o‘tkaziladigan test sinovida qo‘llaniladigan yangi formatdagi test topshiriqlari va test o‘tkazish jarayoni bilan tanishdi.

Imtihon tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, chet tilini o‘qitish metodikasi bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Ularning har birida 60 dan yuqori ball yig‘ish kerak. Kerakli ballni jamlagan o‘qituvchi uch yil amal qiluvchi guvohnomani qo‘lga kiritadi. Ushbu muddatdan so‘ng yana qaytadan imtihon topshirish kerak bo‘ladi. Imtihondan o‘ta olmaganlar bir yildan so‘ng yana urinib ko‘rishi mumkin.