Beeline aloqa operatori O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyaning foizsiz to‘lov terminallari tarmog‘ini kengaytirmoqda. Bu qurilmalar yordamida abonentlar komissiya to‘lovisiz hisobni to‘ldirishi mumkin. Bunday terminallar “Bilayn” sotuv ofislarida, “Korzinka”, “Poytaxt”, “Kontinent” savdo markazlarida joylashgan.

Beeline’ning foizsiz to’lov terminali. Foto: Beeline

Beeline’ning foizsiz to’lov terminali. Foto: Beeline

Beeline’ning sariq terminallari hech qanday foizlar va hech qanday navbatlarsiz to‘lovni amalga oshirish uchun kerak”, – deb ta’kidladi kompaniyaning ommaviy bozorda sotuvlar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov.

Terminal yordamida abonent balansini ham naqd pul, ham bank plastik kartalari orqali to‘ldirish imkoniga ega.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilning noyabr oyidan “To’lovdan foiz olinmaydi” degan yozuvli terminallar poytaxt va mamlakatning boshqa joylaridagi Beeline ofislari va savdo markazlarida ishga tushdi. Bugungi kunda ular mamlakat bo‘ylab kompaniyaning barcha sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida o‘rnatilgan.