28-yanvarda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi o‘zining saytida O‘zbekiston fuqarolariga Kiyevda hamda Ukrainaning g‘arbiy va markaziy hududlarida bo‘layotgan ommaviy norozilik namoyishlari bilan bog‘liq tavsiyanoma e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi binosi. Foto: uzbekistan.org.ua

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi binosi. Foto: uzbekistan.org.ua

Elchixonaning xabarida O‘zbekiston fuqarolariga aytilgan hududlarga borishdan o‘zini tutish, u yerga borish zarur bo‘lgan hollarda hushyor va ogoh bo‘lish tavsiya etilgan.

Shuningdek, o‘zbekistonliklarga joylarda ommaviy yig‘ilishdan qochish, namoyishlarda qatnashmaslik, ruxsat berilmagan joylarda rasm va videoga olmaslik, mamlakatdagi ushbu vaziyatga tegishli mahalliy aholining masalalari bilan bog‘liq bahslarga aralashmaslik talab etildi.

O‘zbekiston fuqarolari favqulodda vaziyatlarga tushib qolganlarida mamlakatning Kiyevdagi elchixonasiga zudlik bilan murojaat etishlari lozim.