Tatariston Respublikasi Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi 9–11-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Sog‘liqni saqlash – TIHE 2014” 19-o‘zbek xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi, deb yozadi UzDaily.

Foto: uzdaily.uz

Foto: uzdaily.uz

TIHE—2014 meditsina fani va sog‘liqni saqlash amaliyotining yutuqlari namoyish etiladigan O‘zbekistondagi eng yirik ko‘rgazmadir. Shuningdek, u Butunjahon ko‘rgazmalar industriyasi tashkiloti – UFI sertifikatini olgan va uning e’tirofiga sazovor bo‘lgan O‘zbekistonda yagona ko‘rgazma hisoblanadi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahri hokimiyati, Rossiya Federatsiyasi Savdo vakolatxonasi, elchixonalar va savdo vakolatxonalarining rasmiy qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmada meditsina texnikasi, elektromeditsina, meditsina texnologiyalari, laboratoriya jihozlari, diagnostika, qutqaruv jihozlari, tez tibbiy yordam, ortopedik texnologiyalar va boshqa bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi.