Qishning qahraton kunlarida poytaxtimizdagi Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i xayrli ishga qo‘l urdi – supermarket xodimlari o‘z mijozlarini qaynoqqina qahva hamda choy bilan siyladi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Potrebitel.Uz guruhi a’zosi xabar bergan.

Foto: Facebook / Potrebitel.uz / Sulhi Khasanov

Foto: Facebook / Potrebitel.uz / Sulhi Khasanov

Mazkur tashabbusni guruhning ko‘pchilik a’zolari qo‘llab-quvvatlashgan, albatta. Buni mazkur xabarga bir soatda 170 dan oshiq kishi “Like” bosganligidan hamda ular qoldirgan, goh minnatdorona, gohida hazilnamo izohlardan ham payqash mumkin.

Foto: Facebook / Potrebitel.uz / Sulhi Khasanov

Foto: Facebook / Potrebitel.uz / Sulhi Khasanov

Dastlab muhokama ishtirokchilaridan biri avvalroq mazkur g‘oyani kimdir aynan shu Potrebitel.Uz guruhida yozganligi, Korzinka.uz buni darrov ilib olganini bayon etgan. Boshqalar ham bu yaxshi tashabbus ekanini e’tirof etishgan. Bir foydalanuvchi bo‘lsa Next gipermarketida anchadan buyon shunday qilinayotganini ta’kidlagan.

Ayrim ishtirokchilar “Konyak ham quyib berishsaydi”, deya hazil ham qilishgan. Yana birov Shurik haqidagi filmdagi qahramonning “Kompot qani?” degan gapini hazil qilib keltirgan. Guruh a’zolaridan biri esa shu holat misolida O‘zbekistonda servis, xizmat ko‘rsatish darajasi yuksalib borayotganini qayd etgan.

Foto: Facebook / Potrebitel.uz / Sulhi Khasanov

Foto: Facebook / Potrebitel.uz / Sulhi Khasanov

Albatta, bu fikrlarga biz ham qo‘shilamiz va qahratonning qahrida yurtdoshlarimiz haqida qayg‘urayotgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiramiz.