Andijon viloyatining Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasiga “Salomatlik-3” loyihasi doirasida zamonaviy, yuqori texnologik raqamli rentgen apparati topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi hamda Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Salomatlik-3” loyihasi doirasida umumiy qiymati 1,4 milliard so‘m bo‘lgan ana shunday zamonaviy tibbiy apparatlar Oltinko‘l, Bo‘z va Izboskan tumanlari tibbiyot birlashmalariga ham yetkazib berildi. Bunday apparatlar yil davomida viloyatning barcha tumanlariga topshiriladi.