Belgiyaning Picanol kompaniyasi O‘zbekistonda tekstil stanoklari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirmoqchi. Bu haqda Picanol menejeri Toni Dekok ma’lumot berdi, deb yozadi UzDaily nashri.

Foto: liana-textil.ru

Foto: liana-textil.ru

“O‘zbekistonning ulkan investitsion va xom ashyo salohiyati Belgiya kompaniyalarini o‘ziga jalb etadi. O‘tgan yili Picanol “O‘zbekyengilsanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan tekstil stanoklar ishlab chiqarish va qo‘shma korxona ochish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish borasida o‘zaro memorandum imzoladi”, — deydi Dekok.

“Bizning kompaniyamiz mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi yo‘lida barcha zaruriy choralarni ko‘rishga tayyor. Ishonamanki, Belgiyadagi tekstil uskunalari ishlab chiqaruvchilar uchun O‘zbekiston hamisha muhim mamlakat bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”, — deya qo‘shimcha qildi kompaniya menejeri.