10-fevral O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 573-yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy kuni” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kutubxona rasmiy sayti xabar berdi.

Alisher Navoiy. Foto: fikr.uz

Alisher Navoiy. Foto: fikr.uz / doda.sheriyat.uz

Ushbu tadbir Alisher Navoiy merosidan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni bahramand etish, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda uning ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi. Tadbir davomida shoir ijodiga bag‘ishlangan davra-suhbati, g‘azalxonlik va mutafakkir qalamiga mansub asarlardan teatrlashtirilgan chiqishlar o‘rin olgan.