2014-yil 14-martda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompaniyasining “Atrium” zalida JobFair—2014 yettinchi ixtisoslashgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Yarmarka MyJob.uz ishbilarmonlik tarmog‘i va “Karyera+” gazetasi tomonidan tashkil etiladi, deb xabar berdi UzDaily.

“O‘zekspomarkaz” binosi. Foto: uzcapital.info

“O‘zekspomarkaz” binosi. Foto: uzcapital.info

Bu tadbir ish izlayotganlar uchun biznesning turli sohalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, mehnat bozorini o‘rganish, xodim sifatida o‘zining bahosini bilish, shuningdek, istalgan kompaniya bilan sinov suhbatidan o‘tish imkoniyatini beradi.

O‘tgan yili ushbu yarmarkada 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etgan 120 ga yaqin kompaniya ishtirok etilgan edi. Ular orasida Uzbekistan GTL, “Lukoyl”, Global Peer Education, GM Uzbekistan, LG Electronics, Samsung Electronics, Beeline kabi ko‘plab yetakchi firma va kompaniyalar bor edi. Ko‘rgazmada 8 000 dan ortiq talabgor qatnashdi. Ularning asosiy qismi (65 foizi)ni 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar tashkil qildi.

Joriy yilda yarmarkada 150 dan ortiq kompaniya va 8 000 ishga talabgorlar, shuningdek, JobFairOnline—2014 internet orqali o‘tkaziladigan yarmarkada 2000 kompaniya va 15 000 talabgor ishtirok etishi kutilmoqda. 

Yarmarkada ishtirok etish talabgorlar uchun bepul, ammo avvaldan jobfair.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.