Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 31-yanvardagi qarori bilan 2014-yilda tekshirilishi rejalashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati qisqartirildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining saytida ma’lumot berilgan.

Foto: soliq.uz

Foto: soliq.uz

Qarorga ko‘ra, qonunga itoatkor 595 ta tadbirkorlik subyektlarida rejalashtirilgan tekshirishlar, shuningdek 32 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi tekshirishdan ayrim nazorat qiluvchi organlar ishtiroki 2014-yil tekshiruvlar reja-jadvalidan chiqarildi.

Tekshiruvlar reja-jadvalidan chiqarilgan subyektlar ro‘yxati bilan Davlat soliq inspeksiyasi saytida tanishish mumkin.

Tekshirishlarni qisqartirish haqidagi qaror joriy yilning 25-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida qabul qilindi, deya xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.