O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti—2013” tanlovini e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: baq.kz

Foto: baq.kz

“Yilning eng faol jurnalisti—2013” tanloviga 2013-yilning 1-iyunidan 2014-yilning 1-iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.

Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari orqali joriy yilning 5-iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma’lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.

“Yilning eng faol jurnalisti—2013” tanlovi g‘oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab 27-iyunda o‘tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi.

Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti—2013” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, 100129,

Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

3-qavat, 30-, 35-,xonalar

Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87. 

www.journalist.uz