I. Savitskiy nomidagi qoraqalpoq davlat san’at muzeyida “Ayol bo‘lish — baxtim mening” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

unnamed

Foto: O‘zA

Ko‘rgazmada taniqli mo‘yqalam ustalari tomonidan yaratilgan 80 dan ziyod kartinalar, haykaltaroshlik asarlari namoyish etilmoqda.

— Muzey fondida saqlanayotgan bu asarlar va 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma tomoshabinlar tomonidan samimiy kutib olindi, — deydi muzey katta ilmiy xodimi Venera Allanazarova.

Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan mashhur musavvirlar O‘. Tansiqboyevning “O‘zbek qizi”, N. Karaxanning “Lola ko‘targan qiz”, Y. Karavayning “Qizim bilan avtoportret” kartinalari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.