Toshkentda badminton bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Erkaklar o‘rtasidagi yakkaliklar bahsida Temurbek Karimov oltin medalni qo‘lga kiritdi, Artyom Savatyugin kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Amrulla Baxshullayevga bronza medal nasib etdi, deb xabar berdi O‘zA.

9c

Foto: O‘zA

T. Karimov va A. Savatyugin juftlik bahslarida ham g‘olib chiqdi. Behzod Oppoqxo‘jayev va Shahriyor Hikmatov juftligi ikkinchi, Alisher Xolmirzayev va Bobur Teshaboyev juftligi uchinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar musobaqasida Mariya Pakina shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Surayyo Ahmadjonova kumush, Anayt Xurshudyan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

7 (1)

Foto: O‘zA

Juftlik bahslarida Valeriya Mushtakova va Anayt Xurshudyan g‘alaba qozondi. Dilrabo Ahmedova hamda Mohinur G‘ofurova ikkinchi, Mariya Pakina va Elina Mirgalautdinova uchinchi o‘rinni egalladi.

Aralash juftlik bahsida Alisher Xolmirzayev va Mariya Pakina, Amrulla Baxshullayev va Anayt Xurshudyan hamda Temurbek Karimov va Komila Karimova juftligi shohsupaga ko‘tarildi.