Toshkentda erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

1 (1)

Foto: O‘zA

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni terma jamoaga jalb etish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 400 nafarga yaqin yosh polvon g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

2c

Foto: O‘zA

To‘rt kun davom etgan chempionatda dastlab yunon-rum kurashi ustalari gilamga chiqdi. Toshkent shahridan Islom Bahromov, Mironshoh Hasanov, Oybek Bafoyev, Sobir Qozoqboyev, Diyorbek Sharipov, andijonlik Nuriddinxo‘ja Sultonov va farg‘onalik Daler Ramatov o‘z vazn toifasida mamlakat chempioni bo‘ldi.

7 (2)

Foto: O‘zA

Erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda poytaxtlik Zinatdin Tasimov, Zokir Mansurov, Siroj Hasanov, Azamat Ashurov, Nodirbek Egamberdiyev, Toshkent viloyatidan Shavkat Odinayev, samarqandlik Asilbek Abduraimov va jizzaxlik Diyor Orolov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.