Beeline Business korporativ mijozlar uchun kompaniyaning Toshkent va Samarqanddagi shaxsiy ofislarida iPad planshetlari sotuvini boshladi. Apple planshetini xarid qilgan mijozga 6 oy davomida 500 Mb miqdorida bonus taqdim etiladi. Bu haqda Beeline’ning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Beeline

Foto: Beeline

— Bir oy avval Beeline Apple planshetlarining so‘nggi modellarini rasmiy sotuvini yo‘lga qo‘ydi va o‘sha paytda kompaniyaning biznes-mijozlari uchun ham barcha iPad planshetlari sotuvda mavjud bo‘lishi haqida rasmiy e’lon qilingan edi. Endi Beeline Business abonentlari Apple planshetlarini pul o‘tkazish yo‘li bilan xarid qilishi mumkin, — deydi kompaniyaning korporativ sotuvlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko.

Beeline salonlaridagi Apple planshetlarining (QQS hisobga olinmagan holda) narxlari quyidagicha:

  • Retina displeyli iPad Mini 32 Gb — $870
  • Retina displeyli iPad Mini 64 Gb — $985
  • iPad Air 32 Gb — $985
  • iPad Air 64 Gb — $1095