Pokistonlik yigit bir daqiqa ichida 155 ta yong‘oqni boshi bilan urib maydaladi, deb xabar berdi Sky News. Ushbu rekord Panjob provinsiyasidagi yoshlar festivali doirasida o‘rnatildi.

Mohammad Rashid boshi bilan yong‘oqlarni chaqmoqda. Foto: article.wn.com

Mohammad Rashid boshi bilan yong‘oqlarni chaqmoqda. Foto: article.wn.com

Pokistonlik ko‘rsatgan natija Ginness rekordlari kitobiga kiritilishiga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyat, deb e’tirof etilmoqda. Rekordni jang san’atiga qiziquvchi Mohammad Rashid o‘rnatdi. U yong‘oqni boshi bilan tez chaqishni o‘rganish uchun necha marta mashq qilgani haqida ma’lumot berilmayapti.

Avvalgi yong‘oqni bosh bilan chaqish rekordi 2013-yili Nyu-Yorkda o‘rnatilgan edi. O‘shanda Ashrit Furman bir daqiqada 44 ta yong‘oqni boshi bilan chaqqan. Uning peshanasi himoya sharfi bilan bog‘langan edi. Biroq Rashid hech qanday himoya vositasidan foydalanmay yong‘oqlarni maydaladi.