2014-yil yanvar—fevral oylarida, Reg-System tizimi yordamida 6 700 dan ortiq tadbirkorlik subyektiga KTUT kodlarining berilishi ta’minlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti. Skrinshot: “Daryo”

Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti. Skrinshot: “Daryo”

Reg-System avtomatlashtirilgan tizimi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2014-yilning 1-yanvaridan amaliyotga joriy etilgan edi.

Tizimni tadbiq etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

Ishga tushirilgan Reg-System tizimi, o‘zining zamonaviy va sodda interfeysi hamda internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida ishlaydigan dasturiy ta’minoti bilan ro‘yxatdan o‘tkazish organlariga qator qulayliklar yaratdi.