Muloqot hamda Beeline hamkorligida o‘tkazilgan “Mening sevimli telefonim” tanlovi yakunlandi. Tanlovda jami 10 mingdan ortiq foydalanuvchi ishtirok etdi.

Tanlov sovrinlari. Foto: “Daryo”

Tanlov sovrinlari. Foto: “Daryo”

Ushbu tanlovda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘idagi “Mening sevimli telefonim” guruhiga qo‘shilib, “Fotografiyalar” bo‘limiga telefoni bilan tushgan rasmini joylashtirgan tarmoq a’zolari ishtirok etdi.

Har bir ishtirokchi uchtagacha rasm joylashtirish huquqiga ega bo‘lib, rasmlarda mobil telefondan foydalanish qulayligi g‘oyasi tasvirlangan bo‘lishi kerak edi.

G‘oliblar “Muloqot” a’zolari tomonidan “Zo‘r” tugmasi yordamida berilgan ovozlar orqali aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritdi:

  1. Avazbek Yo‘ldoshev (420 ta “Zo‘r”) — Samsung Galaxy Ace 2 smartfoni
  2. Mashhura Ganixodjayeva (377 ta “Zo‘r”) — Wi-Fi ruter
  3. Sherzod Xolmedov (234 ta “Zo‘r”) — 3G-modem

Birinchi o‘rin g‘olibi — Avazbek Yo‘ldoshev. Foto: “Muloqot” / Avazbek Yuldoshev

Birinchi o‘rin g‘olibi — Avazbek Yo‘ldoshev. Foto: “Muloqot” / Avazbek Yuldoshev

Shuningdek, Burxoniddin Rashidov, Maftuna Timurova, Firuz Rustamov, Sabrina Sharafutdinova, Adham Halilov, Guli Ganixodjayeva, Komiljon Kamilovlar ham esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldi.

Tanlov damvomida qatnashchilar tomonidan 200 ta rasm joylashtirildi. “Muloqot” a’zolari rasmlarga 2000 ga yaqin fikr bildirgan va 2000 dan ortiq “Zo‘r” bosgan.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 14-mart soat 15:00 da Le Grande Plaza (sobiq “Tata”) mehmonxonasining ikkinchi qavatidagi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Taqdirlash marosimida ishtirok etishni xohlaganlar (+998-90) 120-78-65 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.