2013-yili O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 30,8 trillion so‘mdan ziyodni yoki 2012-yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil qildi. Jumladan, dehqonchilik mahsulotlari — 18,4 trillion so‘mdan ortiq (106,4 foiz), chorvachilik mahsulotlari esa 12,4 trillion so‘m (107,4 foiz)dan iborat bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: openmonte.com

Foto: openmonte.com

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibida dehqon xo‘jaliklarining ulushi 64 foizni (2012-yilda — 63,5%), fermer xo‘jaliklarining ulushi — 34 foizni (34,4%), qishloq xo‘jaligi korxonalari ulushi — 2 foizni (2,1%) tashkil etdi.