AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Fotima Sumar 16—19-mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda AQSh elchixonasining axborot xizmati xabariga tayanib, gazeta.uz ma’lum qildi.

2013_0906_DAS_Fatema_Sumar_official_photo_200_1

Foto: state.gov

Tashrif davomida AQSh-O‘zbekiston munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga e’tibor qaratiladi.

Fotima Sumar keng ko‘lamli ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni, shu jumaladan, “Yangi ipak yo‘li” loyihasi doirasida iqtisodiy integratsiya masalasini muhokama qilish maqsadida Toshkentda hukumat va biznes soha vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, u Termizga borib, tadbirkor ayollar bilan chegara hududidagi savdo tajribalari xususida suhbatlashadi.