O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Xuddi o‘zginasi” (“Точь в точь”) loyihasining uchinchi bosqichida islandiyalik xonanda Byork qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda “12news.uz” xabar berdi.

Sevara Nazarxon Byork qiyofasida. Foto: “VKontakte” / СЕВАРА НАЗАРХАН

Sevara Nazarxon Byork qiyofasida. Foto: “VKontakte” / СЕВАРА НАЗАРХАН

Byorkning “It’s oh so quiet” qo‘shig‘ini ijro etgan Sevara birinchi marta 25 ball to‘pladi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida esa 21 ochko to‘plab, to‘qqizinchi o‘rinni egallagan edi.