Yakshanba kuni Chilining Tinch okeani sohillarida 7,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Chile earthquake

Foto: theguardian.com

Yer silkinishlari UTC vaqti bilan 21:16  (Toshkent vaqti bilan 2:16)da ro‘y bergan. Epitsentr Tinch okeanida Chilining Ikike shahridan 64 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasidan 33 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Uning magnitudasi 6,7 ni tashkil qilgan.

5,1 magnitudali ikkinchi silkinish 10 daqiqadan so‘ng, undan ancha kuchsiz bo‘lgan uchinchi silkinish esa bir soat o‘tib sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar milliy xizmati direktori Rikardo Toroning ma’lum qilishicha, Chilida sodir bo‘lgan zilzila natijasida sohibo‘yi hududlardan 100 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilingan. Yer silkinishi jiddiy oqibatlarga olib kelmagan, jumladan elektr uzatish tizimi zarar ko‘rmagan.

Ta’kidlash joiz, Chilidagi zilzila bilan deyarli bir vaqtda Toshkentda ham kuchli bo‘lmagan 1,5—2 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.