16-mart, yakshanba kuni Olmaliqda yangi qurib bitkazilgan, 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Olmaliq” futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.

olmamet_17032014_(2)

Foto: pfl.uz

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari majmuasi rahbari G‘ulomjon Ibragimov, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonov, OKMK OAJ bosh direktori Aleksandr Farmonovlar so‘zga chiqishdi. Shundan so‘ng, davlat madhiyasi sadolari ostida stadionda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi.

olmamet_17032014_(4444)

Foto: pfl.uz

Ochilish marosimi doirasidagi konsert dasturi davomida Gulsanam Mamazoitova, shuningdek, yangi stadionda o‘tkazilgan ilk rasmiy o‘yindan so‘ng Alisher Fayz kabi xonandalar stadionga tashrif buyurgan mehmonlarni o‘z qo‘shiqlari bilan xursand etdi. “Olmaliq” – “Metallurg” uchrashuvi esa 3:2 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo‘ldi.

olmamet_17032014_(6)

Foto: pfl.uz

olmamet_17032014_(9)

Foto: pfl.uz