Bugun, 17-mart kuni “Sog‘lom avlod uchun” Jamg‘armasi binosida rassom Dilorom Mamedovaning “Bahor palitrasi” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

2106136

Dilorom Mamedova. Foto: uzbekistonovozi.uz

Ko‘rgazmada rassomning portret, natyurmort, manzara va sahna janrlaridagi 150 dan ortiq ijod namunalari namoyish etiladi. Ko‘rgazma bir oy davom etadi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Dilorom Mamedova 1974-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1998-yildan buyon O‘zbekiston Rassomchilik Akademiyasi rassomlar ijodiy uyushmasi a’zosi. O‘sha yili A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. 1993-yildan beri respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib keladi.