20-mart kuni Ukraina Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi raisligini tugatishi haqidagi notani Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasiga yubordi. Bu haqda Ukrainaning MDHdagi vakili Ivan Bunechko xabariga tayanib “RIA Novosti” ma’lumot bermoqda.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

“Bizning vakolatxonamiz allaqachon notani oldi va biz uni Ijroiya qo‘mitasi kotibiyatiga topshirdik”, — deydi Bunechno.

Uning ta’kidlashicha, mazkur nota 20-mart kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish oldidan o‘qib eshittiriladi. “Unda men endi raislik qilmayman”, – deydi Ukraina vakili.

Eslatib o‘tamiz, 19-mart kuni Ukraina MDH tarkibidan chiqishini ham ma’lum qilgan.