Qrim Respublikasining yangi bosh prokurori 33-yoshli Natalya Poklonskaya yapon ijtimoiy tarmoqlari yulduziga aylandi. Hattoki, YouTube’da ba’zi yaponiyaliklar o‘zlarini so‘roqqa chaqirilishini so‘ragan yoki Qrimga borish istagini bildirgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Natalya Poklonskaya. Foto: rocketnews24.com

Natalya Poklonskaya. Foto: rocketnews24.com

Qrim prokurori mashhurligining siri uning yapon animesi qahramoniga o‘xshashligidadir. Uning ko‘zlari katta, yuz tuzilishi chiroyli va, hattoki, soch turmagi ham yapon animatsiyalaridagi ayol go‘zalligi standartlariga javob beradi. Ba’zi yaponlar uning ishi, ayniqsa, hozirgi vaqtda og‘ir va xavfli deb hisoblab, undan xavotir olmoqda.

Natalya Poklonskaya. Foto: tjournal.ru

Natalya Poklonskaya. Foto: tjournal.ru

Natalya Poklonskayaning mashhur bo‘lib ketishiga uning matbuot-anjumanidagi videosi YouTube’da e’lon qilingani sabab bo‘lgan. Ushbu rolik foydalanuvchilar tomonidan 9 kun davomida 900 000 martadan ortiq ko‘rilgan.

Natalya Poklonskaya. Foto: rocketnews24.com

Natalya Poklonskaya. Foto: rocketnews24.com

15-mart kuni Yaponiyaning RocketNews24 nashri Natalya haqida maqola va uning bir necha rasmini e’lon qilganShundan so‘ng Natalyaning avval yapon rassomlari, keyin rus musavvirlari tomonidan chizilgan suratlari internetda tarqalib ketgan. Natalya Rossiya imijbordlari yulduziga aylangan.

Natalya Poklonskaya. Foto: tjournal.ru

Natalya Poklonskaya. Foto: tjournal.ru

Natalya Poklonskaya. Foto: livejournal.ru

Natalya Poklonskaya. Foto: livejournal.ru

Natalya Poklonskaya. Foto: tjournal.ru

Natalya Poklonskaya. Foto: tjournal.ru

Ba’zilarga esa Natalyaning ko‘zlarini pirpiratishi yoqib qolgan ;)