Rossiya tomoni AQShning ayrim mansabdor shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Ularning ro‘yxati 20-mart kuni RF Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.

Rossiya TIV / Foto: top.rbc.ru

Rossiya TIV / Foto: top.rbc.ru

Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan bayonotda shunday deyiladi: “Qrimdagi referendumni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun ‘jazo’ sifatida bir qator rossiyalik rasmiy shaxslar hamda Federatsiya kengashi deputatlariga qarshi AQSh ma’muriyati tomonidan joriy yilning 17-martida sanksiyalar e’lon qilinganligiga javoban Rossiya TIV ham amerikalik mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishini e’lon qiladi”.

AQSh fuqarolariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar aynan nimalarda aks etishiga Tashqi ishlar vazirligi aniqlik kiritmagan. Garchi AQSh tomonidan sanksiyaga tushgan rossiyaliklar soni ancha ko‘p bo‘lsa-da, Rossiya sanksiyasiga tushgan Amerika fuqarolari ro‘yxati to‘qqiz kishidan iborat.