8-aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining chorak final — javob uchrashuvlariga start beriladi. Uff.uz ma’lum qilishicha, seshanba oqshomida futbol ishqibozlari hukmiga bir-biridan qiziqarli bo‘lgan ikkita o‘yin taqdim etiladi.

Foto: foroactivo.com

Foto: foroactivo.com

Ularning biri Germaniyaning Dortmund shahrida mahalliy “Borussiya” hamda Madridning “Real” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Garchi, bu klublarning birinchi o‘yinida 3:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa-da, javob bahsida hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ta’kidlash joiz, ushbu uchrashuvda “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.

Ikkinchi uchrashuv esa London shahrida o‘tkaziladi. Birinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan “Chelsi” jamoasi Fransiya grandi bo‘lgan “PSJ” klubini kutib oladi.

8-aprel, seshanba kungi ikki o‘yin ham Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

“Sport” telekanalidagi manbamiz xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 23:45 da “Chelsi”—“PSJ” o‘yini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. “Borussiya”—“Real” o‘yini esa tungi soat 02:00 da namoyish qilinadi.