Mirjalol Qosimovning olimpiya terma jamoasiga murabbiylik qilishi haqidagi xabar rasman tasdiqlanmadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, Mirjalol Qosimov endi faqat milliy terma jamoada faoliyat olib boradi. Shuningdek, murabbiy oldiga Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan terma jamoani boshqarish vazifasi ham qo‘yilgan.

Mirjalol Qosimov. Foto: goal.com

Mirjalol Qosimov. Foto: goal.com

Uff.uz ta’kidlashicha, Olimpiya terma jamoasi asosini tashkil qiladigan va 2016-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga chiqish uchun kurash olib boradigan O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga esa Shuhrat Maqsudov ustozlik qilishda davom etadi.

Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, bu ma’lumotlar 4-aprel kuni O‘FF Ijroqo‘m yig‘ilishida e’tirof etilgan.

Mirjalol Qosimov Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan terma jamoada ham bosh murabbiy sifatida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 1991—92-yillarda tug‘ilgan yoshlardan iborat terma jamoa sentabr oyida Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi. Ta’kidlash joiz, Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan terma yangidan tuziladi va bu terma jamoa oldiga Incheonda chempion bo‘lish vazifasi yuklatilgan.