O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27- hamda 29-may kunlari Toshkentda Ummon terma jamoasiga qarshi ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan rasman tasdiqlandi. Bu masala 4-aprel kuni o‘tkazilgan O‘FF Ijroqo‘m yig‘ilishida hal etildi. Bu haqda federatsiyaning Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan, deb yozadi Uff.uz.

Foto: purosoftware.com

Foto: purosoftware.com

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-sentabr kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu o‘yin ham Toshkentda o‘tkazilishi ma’lum qilingan, deb yoziladi xabarda.

O‘FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonovning so‘zlariga ko‘ra, milliy terma jamoa oktabr oyida ham ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Dastlab 6-oktabr kuni Doxada Qatar, 10-oktabr kuni esa Baxrayn terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.