Samarqand shahrida gandbol bo‘yicha qizlar jamoalari o‘rtasida “Barkamol avlod—2014” sport musobaqalarining saralash bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Barkamol avlod—2014”ning gandbol bo‘yicha saralash bosqichi. Foto: O‘zA

“Barkamol avlod—2014”ning gandbol bo‘yicha saralash bosqichi. Foto: O‘zA

Saralash musobaqalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Bir necha kun davom etgan qiziqarli va murosasiz bahslarda Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari gandbolchilari yuqori natijalarni qayd etib, “Barkamol avlod—2014” sport o‘yinlarining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Barkamol avlod—2014”ning gandbol bo‘yicha saralash bosqichi. Foto: O‘zA

“Barkamol avlod—2014”ning gandbol bo‘yicha saralash bosqichi. Foto: O‘zA

– Maktabda o‘qib yurganimizda “Umid nihollari” saralash bosqichida mag‘lubiyatga uchrab, finalda qatnasha olmaganimizdan armonda edik, – deydi Samarqand viloyati jamoasi a’zosi, Bulung‘ur maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Gulnoza Xushmurodova. – Oradan ikki yil o‘tib, endi kollej o‘quvchisi sifatida “Barkamol avlod” musobaqalari saralash bahslarida qatnashdik. Bu gal musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rganimiz va tajriba orttirganimiz o‘z samarasini berdi. Endi final bellashuvlarida ham yuqori natijalar uchun kurashamiz.