9-aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasi chorak finalining navbatdagi javob uchrashuvlari o‘tkaziladi. Birinchi uchrashuv Madridning “Atletiko” va Kataloniyaning “Barselona” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Foto: acmilanfan.ru

Foto: acmilanfan.ru

Ikkinchi o‘yin esa Myunxenda o‘tkaziladi. Unda “Bavariya” jamoasi “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

“Sport” telekanalidagi manbamiz xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 23:45 da “Atletiko”—“Barselona” o‘yini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib beriladi. “Bavariya”—“Manchester Yunayted” o‘yini esa avvalgi uchrashuv tugashi zahoti efirga uzatiladi.